"Barselona"ning sobiq futbolchisi Terri Anri Chempionlar ligasining chorak final o'yinlarida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun "Real"ga hurmat bajo keltirdi.
Eslatib o'tamiz, “qirollik klubi” “shaharliklar”ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
“Ko'p narsa himoyaga bog'liq. Barkamol himoya yordamida siz o'yinni boshqarishingiz mumkin. Odamlar "Manchester Siti"ni yaxshiroq jamoa deb aytishadi, lekin "Real" yaxshi himoyalandi. Menimcha, eng yaxshi jamoa bu yaxshi himoyalangan va oldinga siljgan jamoadir”, dedi Anri.