Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Xet-triklar va dubllar kuni

Evropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida 4ta guruhda uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida 4ta guruhda uchrashuvlar bo'lib o'tdi. E'tiborli tomoni, bugun ko'p futbolchilar xet-trik va dubl qayd etishdi hamda bu futbolchilarning jamoalari g'alabani qo'lga kiritishdi.

"E" guruhi
"Liverpul" EChLning ushbu mavsumini ketma-ket ikkita durang bilan boshlamoqda. Mersisaydliklar Moskvada "Spartak"ni mag'lub eta olishmadi — 1:1. "Sevilya" esa o'z uyida "Maribor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 3:0. Ben Yedder xet-trikni rasmiylashtirdi.

"F" guruhi
"Manchester Siti" guruh bosqichida ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi. Gvardiola shogirdlari Manchesterda Ukrainaning "Shaxtyor"ini 2:0 hisobida mag'lub etishdi. "Napoli" esa o'z uyida "Feyenoord"ga imkoniyat qoldirmadi.

"G" guruhi
Dastlabki turda imkoniyatni boy bergan "Portu" bu turda safardan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi. Abubakar "Monako" darvozasiga 2ta gol urgan bo'lsa, Layyun hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Turkiyaning "Beshiktosh"i Germaniyadan tashrif buyurgan "Leyptsig"ni mag'lub etdi va hozircha 6 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turibdi.

"H" guruhi
Turning markaziy o'yini Dortmundda bo'lib o'tdi. "Borussiya" o'z uyida "Real"ni qabul qildi va mag'lubiyatga uchradi. Zidan shogirdlari yuqori saviyadagi uchrashuv o'tkazishdi va 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Krishtianu Ronaldu dublni rasmiylashtirdi.

"Tottenxem" safarda APOELni yirik hisobda tor-mor keltirdi. Harri Keyn raqib darvozasiga 3 marta yo'l topishga muvaffaq bo'ldi.

Evropa chempionlar ligasi, 2-tur

"E" GURUHI
Spartak Rossiya – Liverpul Angliya 1:1 (1:1)
Gollar: 1:0 – 23 Fernando, 1:1 – 31 Koutino.
Spartak – Rebrov (Selixov, 68), Bokketti, Kutepov, Djikiya, Tashchi, Samedov (Pedro Rosha, 90), Popov (Melgarexo, 85), Fernando, Pashalich, Eshenko, Luis Adriano.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Lovren, Firmino, Jan (Veynaldum, 73), Salax, Koutino, Mane (Starridj, 70), Xenderson.
Ogohlantirishlar: Jan (7), Bokketti (46), Firmino (75).

Sevilya Ispaniya – Maribor Sloveniya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Ben-Yedder, 2:0 – 38 Ben-Yedder, 3:0 – 83, penalti Ben-Yedder.
Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Korshya, Langle, Vaskes (Sarabiya, 79), Nzonzi, Korrea, Banega (Pisarro, 86), Nolito (Navas, 67), Ben-Yedder.
Maribor – Xandanovich, Raychevich, Viler, Milets, Billong, Kabxa (Xotich, 74), Vrxovets, Axmedi, Pixler, Boxar (Kramarich, 71), Tavares (Meshanovich, 88).
Ogohlantirish: Eskudero (56).

"F" GURUHI
Napoli Italiya – Feyenoord Gollandiya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 7 Insine, 2:0 – 49 Mertens, 3:0 – 70 Kalexon, 3:1 – 90 Amrabat.
Napoli – Reyna, Maksimovich, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Zelinski, 71), Jorjino (Diavara, 80), Kalexon (Rog, 73), Allan, Insine, Mertens.
Feyenoord – Jons, Sen-Jyust, Xaps, Diks, Tapiya (van Bek, 78), Trindade, Bergeys (Larsson, 86), Tornstra (Basadjikoglu, 69), Boetiyus, Amrabat, El-Ahmadiy.
Ogohlantirishlar: Kulibali (37), El-Axmadi (47), Bergeys (54), van Bek (86), Diavara (90).

Manchester Siti Angliya – Shaxtyor Ukraina 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 48 de Bryuyne, 2:0 – 90 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Otamendi, Uoker, de Bryuyne, Sane, Delf, Fernandino, Silva (Gyundogan, 81), Aguero (Bernardu Silva, 85), Gabriel Jezus (Sterling, 54).
Shaxtyor – Pyatov, Ordets, Ismaili, Butko, Rakitskiy, Stepanenko, Fred (Kovalenko, 90), Tayson, Marlos (Dentino, 78), Bernard (Petryak, 89), Ferreyra.
Ogohlantirish: Ordets (66).

"G" GURUHI
Beshiktosh Turkiya – RB Leyptsig Germaniya 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 11 Babel, 2:0 – 43 Taliska.
Beshiktash – Fabrisio, Pepe, Erkin, Medel (Uysal, 70), Toshich, Xatchinson, Oz'yakup, Taliska (Arslan, 81), Kuarejma, Babel, Tosun (Negredo, 90).
RB Leyptsig – Gulachi, Upamekano, Orban (Kampl, 46), Xalstenberg, Zabittser, Keyta (Bruma, 59), Ilzanker, Demme, Forsberg, Ogyusten, Verner (Klostermann, 32).
Ogohlantirishlar: Orban (8), Keyta (15), Erkin (17), Fabrisio (90).

Monako Monako – Portu Portugaliya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 31 Abubakar, 0:2 – 69 Abubakar, 0:3 – 89 Layyun.
Monako – Benalo, Glik, Jorje, Sidibe, Jemerson, Lemar (Lopesh, 63), Fabino, Gezzal (Keyta, 74), Moutinyu, Diakabi (Karrilo, 46), Falkao.
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Rikardu Pereyra, Markano, Errera, Danilu Pereyra, Marega, Serjiu Oliveyra (Reyes, 86), Braimi (Layyun, 71), Abubakar (Korona, 71).
Ogohlantirishlar: Diakabi (9), Fabino (33), Errera (34), Serjiu Oliveyra (62), Danilu Pereyra (66), Sidibe (83), Kasilyas (87).

"H" GURUHI
Borussiya D Germaniya – Real Madrid Ispaniya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 18 Beyl, 0:2 – 49 Ronaldu, 1:2 – 54 Obameyang, 1:3 – 79 Ronaldu.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Tolyan (Daud, 60), Pishchek, Toprak, Kastro, Shaxin (Vaygl, 60), Yarmolenko, Gettse (Pulishich, 76), Filipp, Obameyang.
Real Madrid – Navas, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Asensio, 76), Modrich (Sebalos, 90), Beyl (Vaskes, 85), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Beyl (29), Karvaxal (39), Modrich (40), Toprak (52), Vaygl (63).

APOEL Kipr – Tottenxem Angliya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 39 Keyn, 0:2 – 62 Keyn, 0:3 – 67 Keyn.
APOEL – Vaterman, Vuros, Lago, Karlao, Rueda, Vinisius, Nunu Moraish (Aleksandru, 84), Shallai (Makris, 63), Aloneftis (Farias, 75), Zaxid, de Kamargo.
Tottenxem – Loris, Sanches, Devis, Tripper, Ore (Lorente, 57), Dayer, Sissoko (Georgiu, 84), Uinks, Alderveyreld, Keyn (Nkudu, 75), Son Xeung Min.
Ogohlantirishlar: Vaterman (39), Vinisius (51), Uinks (85).

BestMaster
27 Sentabr 2017, 02:10
xet-triklar, dubllar, kuni,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads