Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandesni jamoa bosh murabbiyligida saqlab qolish umidini yo'qotmayapti.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "ko'k granatalar" rahbari murabbiy bilan navbatdagi "el-klasiko"dan keyin uchrashib, uni qolishga ishontiradi.
Malumotlarga ko'ra, Laporta Xavi hech bo'lmaganda shartnomasini qayta ko'rib chiqishini istaydi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga etadi. Joan Xavidan murabbiy qanday sharoitda jamoada qolishga tayyorligini so'raydi.