Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
O'yin vaqti 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida “qaymoqranglilar” 4:3 hisobida zafar quchdi.
"Men juda charchadim. Bu qiyin 120 daqiqa edi. G'alaba uchun kurashgan va bor kuchini sarflagan jamoaga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi - "Real Madrid"ning barcha futbolchilari. Biz allaqachon Chempionlar ligasining yarim finalidamiz", - deya Luninning so'zlarini keltiradi AS.