Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Real”ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgach, Chempionlar ligasidan chiqib ketdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari uchun hal qiluvchi omil bu penaltilar seriyasi bo'lib, ular madridliklardan ko'ra yomonroq ijro etishdi. Ayniqsa, Bernardu Silvaning zarbasi hayratlanarli ko'rindi. Portugaliyalik futbolchi to'g'ri Andrey Lunin turgan joyga zarba berdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'yindan so'ng uning omadsizligi haqida fikr bildirdi.
"Bernarduning o'zi ixtiyoriy ravishda zarba berishni tanladi. U ishonchli futbolchi. Maydonda ajoyib o'yin o'tkazganini tan olaylik", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi BBC Sport.