"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn jamoasining Chempionlar ligasi yarim finalidagi raqibi "Real Madrid" haqidagi savolga javob berdi. Tomas Tuxel shogirdlari Londonning “Arsenal” jamoasini mag'lub etib, 2020 yildan beri ilk bor turnirning yarim finaliga chiqdi.
Final yo'llanmasi uchun "Bavariya" penaltilar seriyasidagi muvaffaqiyat evaziga "Manchester Siti"ni mag'lub etgan "Real" bilan raqobatlashishi kerak.
“Albatta, “Real” Chempionlar ligasida ajoyib tarixga ega bo'lgan katta klub. Kechqurun rohatlanamiz va keyin albatta tayyorgarlikni boshlaymiz”, dedi Keyn TNT Sports. telekanaliga.
"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin 30 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadi. Javob o'yini 8 mayga belgilangan.