Madridning “Real” klubi afsonasi Raul Gonsales La Ligada murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin. SER Deportivos dasturining xabar berishicha, 46 yoshli Raul "Sevilya" boshqaruvchisi lavozimiga nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.
2018 yildan buyon Raul "Real Madrid" tizimida murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. Mashhur sobiq futbolchi 2019 yilning yozidan boshlab yoshlar jamoasini boshqarib kelmoqda.
Hozirda "Sevilya" Ispaniya chempionati turnir jadvalida atigi 13-o'rinda bormoqda.