Madridning “Real” klubi 18 yoshli turkiyalik darvozabon Onuralp Chevikkan bilan shartnoma imzolamoqchi.
Sabah nashri xabariga ko'ra, “Real” skautlari yosh darvozabonning U-18 terma jamoasi safidagi yaqinda Ispaniya terma jamoasiga (1:1) qarshi o'yinini kuzatishgan.
Madridning “Real” klubi darvozabonni 10 million evroga sotib olish taklifi bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, ular futbolchini "Real Madrid"ning o'rinbosarlar jamoasiga yuborishni rejalashtirmoqda.
“Kastilya”ga sarmoya kiritish klub uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
"Trabzonspor" Chevikkanni yozda "Oltin O'rda"dan 700 ming evroga sotib olgandi. Hozirda u jamoadagi uchinchi darvozabon hisoblanadi.