"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoasining "Manchester Siti"ga qarshi bahsdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
Madridda bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangandi.
Chorshanba kuni "Los Blankos" Angliyada "Siti"ga qarshi bahs olib boradi. "Manchester Siti" o'tgan mavsumda treblni qo'lga kiritdi, shuning uchun, albatta, odamlar bizning raqiblarimizni favorit deb o'ylashadi, ammo biz "Real"miz. Ishonchimiz komilki, bu bosqichdan o'tamiz", - deya Bellingemning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.