"Real Sosedad"ning hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kubo Angliya chempionatida top-klubda ishlash imkoniyatiga ega. 22 yoshli yaponiyalik futbolchiga “Liverpul” hamon qiziqish bildirmoqda.
Kubo yozgi transfer oynasida mersisaydliklarni kuchaytirish uchun ustuvor variantlardan biri hisoblanadi. “Qizillar” futbolchi uchun 60 million evro taklif qilishgan.
Takefusa "Real Sosedad" bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnomaga ega. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida vinger 24 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.