Manchester shahrida Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob o'yini bo'lib o'tadi, unda "Manchester Siti" "Real"ni qabul qiladi.
Mashhur bo'lib ketgan Opta superkompyuteri uchrashuvning yaqqol favoriti "Manchester Siti" deb hisoblaydi. “Shaharliklar”ning g'alabasi 53,7 foizga baholanmoqda. Shu bilan birga, "Real Madrid"ning g'alabasi 23,1 foizlik ehtimol bilan bashorat qilingan. Uchrashuvdagi durang natijasi 23,3 foizni tashkil etadi.
Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob o'yinida “Barselona” – “PSJ” superkompyuteri Kataloniya klubini favorit sifatida baholagan edi. Biroq mehmonlar yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. "Barsa"ning g'alaba qozonish imkoniyati 41%, "PSJ"ning g'alaba qozonish imkoniyati 33% edi.