"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvida "Barselona"ni mag'lub etganidan so'ng jamoaning yulduzi Kilian Mbappe haqida gapirdi. Parijliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi va 25 yoshli hujumchi dubl qayd etdi.
"Biz Mbappening o'zi kelajagini e'lon qilguncha kutishimiz kerak. U tashqariga chiqib, omma oldida gapirmagunicha, men o'tiraman va jim qolaman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Avvalroq Mbappe mavsum yakunida Parij klubini tark etishi haqida xabar berilgandi. Hujumchi "Real"ga o'tishga yaqin turibdi.