Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Los Blankos”ning o'tgan yili “Manchester Siti”dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, 2022/23 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida "Real" va "Manchester Siti" o'zaro to'qnash kelishdi. Dastlabki o'yinda jamoalar durang qayd etgan bo'lsa, javob o'yinida “shaharliklar” raqibni 4:0 hisobida mag'lub etishdi.
Aytish joizki, Bellingem bu o'yinlarda qatnashmagan, o'tgan yozda "Real"ga o'tgan xolos.
"Men o'sha o'yinda o'ynagan jamoadoshim bilan gaplashdim va u menga voqea qanday kechganini tushuntirib berdi. Biz xatolardan saboq olishimiz kerak", - dedi Bellingem.