Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Vinisius Junior va Rodrigo bilan maydondagi o'zaro munosabatlari haqida gapirdi.
"Umuman olganda, barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman. Men maydonda Vinisius va Rodrigoning yonida o'ynayman va biz yaxshi ish qilsak, bu ajoyib. Bu ajoyib fazilatlarga ega bo'lgan kamtar yigitlar va ular qattiq mehnat qilishadi. Hozir jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda" - dedi Bellingem seshanba kungi matbuot anjumanida.
Madridning “Real” klubi navbatdagi o'yinini 17 aprel kuni Angliyaning “Manchester Siti” jamoasiga qarshi o'tkazadi.