"Barselona" muxlislari yana bir bor "Real Madrid" vingeri Vinisiusning o'limini tilashdi.
Bugun Kataloniya klubi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yini doirasida "PSJ"ni qabul qiladi. Birinchi o'yin 3:2 hisobida "ko'k-anorranglilar"ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
O'yin oldidan Monjuikdagi "Olimpiya" stadioni yonida yig'ilgan bir guruh "Barselona" muxlislari: "Vinisius, o'l!" - deb baqirishgan.
"Barselona" muxlislari "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o'yini oldidan ham xuddi shunday qo'shiq aytishgandi. Qayd etilishicha, bu safar hayqiriqlar ko'proq bo'lgan.