"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ning eng xavfli o'yinchilaridan biri nomini aytdi. Italiyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, bu hujumchi Erling Xoland.
"Agar biz individual futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak, Xoland "Manchester Siti"dagi eng xavfli o'yinchilaridan biri. U birinchi o'yinda u qadar ko'zga ko'rinmadi, ammo bu uning dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri ekanligi haqidagi haqiqatni o'zgartirmaydi. U har doim xavfli", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" - "Real Madrid" uchrashuvi 17 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.