"Manchester Siti"ning uch nafar himoyachisi "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi pley-off javob o'yini oldidan safga qaytdi.
City Xtra nashri xabariga ko'ra, "shaharliklar" mashg'ulotlarida jarohati tufayli so'nggi o'yinlarni o'tkazib yuborgan himoyachilar Kayl Uoker, Neytan Ake va Jon Stouns ishtirok etgan.
17 aprel, chorshanba kuni “Manchester Siti” va “Real” o'rtasidagi Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 3:3 hisobida yakunlangandi.