Bernardu Silva "Manchester Siti"ning kutilayotgan natijalari haqida gapirdi.
“Shaharliklar” turnir yakunlanishiga 7 tur qolganda “Arsenal” va “Liverpul”dan 2 ochko oldinda, Premer-liga turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Ertaga Pep Gvardiola shogirdlari Chempionlar ligasi chorak finalida "Real" bilan javob uchrashuvini o'tkazadi. Birinchi o'yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
“Albatta, bu biz uchun juda yaxshi dam olish kunlari bo'ldi. Ikkala raqib ham ochko yo'qotishini kutmagandik. Ilgari hamma narsa o'z qo'limizda emas edi, shuning uchun biz o'z ishimizni qilishimiz va ularning ochko yo'qotishini kutishimiz kerak edi. Endi vaziyat biroz o'zgardi, chunki agar biz o'z vazifamizni to'g'ri bajarsak, ligada g'alaba qozonamiz.
O'yindan o'yinga diqqatni jamlash kerak. Trebl haqida o'ylashni boshlash noto'g'ri, chunki bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ertaga bizni "Real" bilan o'yin, keyin esa Angliya kubogi doirasida "Chelsi"ga qarshi yana bir qiyin o'yin kutib turibdi va biz bir hafta ichida uchta turnirda ham mag'lub bo'lishimiz mumkin", - dedi “Manchester Siti” yarim himoyachisi.