"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi javob o'yini oldidan madridliklar jamoasidan qo'rqmasligini aytdi.
"Real Madrid"dan qo'rqamanmi? Yo'q, men ulardan qo'rqmayman. Lekin men ularni juda hurmat qilaman. Men ular bilan ko'p marta uchrashganman. Ulardan qo'rqaman desam, rost bo'lmaydi. Raqobat bor. Siz ularni mag'lub etishni va muvaffaqiyat qozonishni xohlaysiz - ba'zida g'alaba qozonasiz, ba'zan esa yutqazasiz. Men imkon qadar yaxshi o'ynashimizni xohlayman.
Biz o'zimiz bo'lishimiz kerak. Agar shunday bo'la olmasak, oldimizda kim bo'lishi muhim emas", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida jurnalistlarga.
“Manchester Siti” va “Real” o'yini 17 aprel kuni bo'lib o'tadi.