"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yini oldidan Jud Bellingem haqida gapirdi.
“Avvaldanoq uning ta'siri gollar va boshqa ko'p narsalar nuqtai nazaridan sezilarli edi. Uning yoshida u bosimni muammosiz engadi. Men uni yaxshi ruhiyatga ega deb o'yladim, u ajoyib futbolchi. Ertaga biz uni nazorat qilishimiz va harakatlarini kuzatishimiz kerak”, dedi Gvardiola matbuot anjumanida jurnalistlarga.
“Real Madrid”ga qarshi birinchi o'yinda “Manchester Siti” safarda 3:3 hisobida durang o'ynadi. Javob o'yini 17 aprel, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.