Yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Arda Gyuler "Real"ni tark etishi mumkin, chunki unga barqaror o'yin amaliyoti kerak. TodoFichajes xabariga ko'ra, yosh futbolchi "Real Sosedad"ga o'tishi mumkin.
San-Sebastyan klubi keyingi mavsumda Gyulerni ijaraga olishni rejalashtirgan. "Real Madrid" va "Real Sosedad" o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi, klublar avvalroq yosh futbolchilar bilan ham shunday shartnomalar tuzgan.
19 yoshli Arda Gyuler 2023/2024 yilgi mavsumda “Real”ning atigi ettita uchrashuvida qatnashgan.