Stiv Makmanaman "Manchester Siti" - "Real Madrid" juftligi favoriti nomini aytdi.
Chempionlar ligasining chorak finalida bu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan edi. Javob o'yini ertaga, 17 aprel kuni bo'lib o'tadi.
“Men allaqachon aytgan edim, “Real” oldinga siljishi uchun “Etihad”da bir nechta gol urishi kerak. Hisob 3:3 bo'lsa, "Siti" yaqqol favorit bo'lishi kerak.
Ular amaldagi g'oliblar, yaxshi formadagi jamoa va yana Premer-liganing yuqori pog'onasida. Agar ular "Etihad"da g'alaba qozonishsa, keyingi bosqichga yo'l olishadi. Ular ikki yil oldin “Real” darvozasiga to'rtta gol urgan bo'lsa, o'tgan yili ham “Real” darvozasiga to'rtta gol urishdi. O'ylaymanki, jamoalar va o'tmishdagi voqealarga nazar tashlasangiz, yana "Real Madrid"ga qiyin bo'ladi", - dedi “Real” va “Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi.