"Real Madrid" hech qachon Chempionlar ligasining pley-off bosqichidan amaldagi turnir g'olibi tomonidan chiqarib yuborilmagan.
1992 yilda turnir nomi va formati o'zgarganidan beri Madrid klubi o'tgan mavsum chempioni bilan pley-offda 5 marta to'qnash kelgan. "Real Madrid" har doim Chempionlar ligasining amaldagi g'olibini mag'lub etdi va o'sha mavsumda turnirda g'olib chiqdi.
Bu 1998 yilda "Borussiya"ga, 2000 yilda "Manchester Yunayted"ga, 2002 va 2014 yilda "Bavariya"ga, 2022 yilda "Chelsi"ga qarshi o'yinlarda sodir bo'lgan.
Madridliklar Chempionlar ligasining chorak finalida turnirning amaldagi g'olibi "Man Siti" bilan o'ynaydi. Madriddagi birinchi o'yin 3:3 hisobida yakunlangandi.