"Bayer" bosh direktori Xabi Alonso bir kun kelib "Real"ni boshqarishiga ishonmoqda.
42 yoshli murabbiy “Bayer”ni tarixdagi ilk chempionligiga olib keldi. Bu Alonsoning murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrinidir.
“Men Xabi bir kun kelib “Real”ni boshqarishiga shubha qilmayman. Qachonligini bilmayman. Ammo u "Real"ga o'tadi, bunga shubham yo'q. Bundan tashqari, u "Liverpul" yoki "Bavariya"ni boshqarishi ham mumkin.
Biz boshqa klublar bilan Alonsoning ketishi haqida faqat u o'ynagan klublar bizga murojaat qilgan taqdirdagina muloqot qilishimizga kelishib oldik”, dedi "Bayer" bosh direktori Fernando Karro.