O'yin oldidan:
"Biz uchrashuvga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurdik. Primeroda muhim g'alabaga erishdik va endi Chempionlar Ligasiga qaytdik. Bu turnirda kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz. Jamoam ertanggi (bugungi) uchrashuvga tayyor. Lekin hotirjamlikga berilib bo'lmaydi, chuni "Signal Iduna Park"da g'alaba qozonish murakkab, ayniqsa Dortmundlik muxlislar ko'z oldida. Biz hech qachon Dortmunddan g'alaba bilan qaytmaganmiz. Lekin ertanggi uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Men qo'l ostimdagi futbolchilardan yaxshi o'yin kutmoqdaman. Aynan mana shunday paytlarda ular o'zini nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishi kerak. Biz har doim bosim ostida harakat qilmoqdaman, biroq jamoam bunday xolatlarga o'rganib ketgan chunki biz "Real Madrid. Ertaga bizni murakkab uchrashuv kutib turubdi va biz g'alaba uchun maydonga tushamiz."
Futbolchilarga ishonch:
"Eng asosiysi - imkoniyatlar yuzaga keltirish. Biz "Alaves"ga qarshi baxsda 2 ta to'p kiritdik, vaxolanki jamoamda imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Futbolchilarimga ishonaman va ular ertaga statistikalarni o'zgartira oladi."
Kazemiro haqida:
"U jamoamizning eng muhim futbolchisi. Kazemiro - har doim himoya va hujum balansini ushlab turadigan futbolchi. Men o'tmishda "Real"da Makalele va Fransiya terma jamoasida Desham bilan harakat qilganman, Kazemiro ham xuddi ulardek. U har doim maksimum imkoniyatlarini ishga soladi."
Kross haqida:
"U biz bilan birga, demak unda hammasi yaxshi. Biz bilamiz u jamoa uchun muhim futbolchi."
Karvaxal haqida:
"Men Danidan xavotirda emasman, bizda Ashraf va Nacho ham bor. Bu mavsum avvali Karvaxal tezda tiklanadi. Har uch kunda futbol o'ynash og'ir."