Avvalroq, 19 yoshli turkiyalik futbolchi ijara asosida o'ynash va o'yin amaliyotiga ega bo'lish istagi haqida klubga aytgani haqida xabar berilgandi.
Marca nashrining yozishicha, bunday emas. Bu borada na futbolchidan, na uning agentlaridan hech qanday so'rov bo'lmagan. Qaror faqat mavsum oxirida qabul qilinadi.
Taxminlarga ko'ra, jismoniy holatlar Ardaning joriy mavsumda barqaror o'ynashiga to'sqinlik qilgan. Shu bilan birga, madridlik futbolchining mashg'ulotlarini kuzatayotgan har bir kishi uning klubda o'ynash uchun ham sifatlari, ham xarakteri borligini ko'radi.
Gyuler “Real” safida 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.