Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda "Real Madrid" "Malorka"ni minimal hisobda mag'lub etdi - 1:0.
Final hushtagi yangraganidan keyin “Los-Blankos” darvozaboni Andrey Lunin bosh hakam ishidan noroziligini bildirdi.
So'nggi daqiqalarda Lunin o'z jarima maydonchasi ichida Vedat Muriki bilan duelda yutqazdi, shundan so'ng raqib "qirollik" klubi darvozasiga zarba berdi.
Hujum qilayotgan tomonning qoida buzilishini qayd etmagan hakamning qaroridan ukrainalik o'ta norozi bo'ldi.
“Bu aniq qoidabuzarlik edi. Bunga qanday qilib yo'l qo'yish mumkin?”, – deya Luninning so'zlarini keltiradi Defensa Central.