Xabi Alonso murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi.
Bugun Bundesliga mavsumi yakunlanishiga 5 tur qolganida "Bayer" 29-turda "Verder"ni (5:0) mag'lub etib, muddatidan avval Germaniya chempioniga aylandi.
Bu 42 yoshli Alonso uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrindir.
Xabi Alonso "Real Sosedad", "Eybar", "Liverpul", "Real Madrid" va "Bavariya"da o'ynagan. Klublar miqyosida u 15 ta sovrin, shu jumladan ikkita Chempionlar ligasini qo'lga kiritdi.
Alonso 2003 yildan 2014 yilgacha Ispaniya terma jamoasida o'ynagan va uchta sovrin - Evro-2008, JCh-2010 va Evro-2012 ni qo'lga kiritgan.
Alonso avvalroq Madridning yoshlar jamoasi (2018-2019) va "Real Sosedad"ning ikkinchi jamoasi (2019-2022)ni boshqargan.
U 2022 yilning 5 oktyabrida "Bayer"ni qabul qilib oldi. Bugun jamoa uning qo'l ostida 80-uchrashuvini o'tkazdi.