"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Malorka" ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) keyin Eder Militaoning holati haqidagi savolga javob berdi.
Braziliyalik futbolchi avgust oyida xochsimon paylaridan olgan jarohatidan so'ng formaga qaytishda davom etmoqda.
“Militao? Men unga bugungi o'yinda ko'proq daqiqalarini berishni istardim, ammo hisobdagi ustunligimiz etarlicha qulay emas edi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o'tamiz, Militao final hushtagi chalinishidan biroz oldinroq maydonga tushirildi.