"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa sardori Nacho Fernandesga ishonadi.
"Los Blankos" va "Manchester Siti" o'rtasidagi ilk uchrashuv Madridda bo'lib o'tgan va 3:3 hisobida yakunlangan.
Himoya markazidagi duet Antonio Ryudiger va Aurelien Tchuamenidan iborat edi. Marca xabariga ko'ra, javob o'yinida diskvalifikatsiya qilingan frantsuz o'rnini Nacho egallashi kutilmoqda.
Aynan 34 yoshli jamoa sardori Ryudiger bilan La Liganing shanba kuni bo'lib o'tgan "Malorka"ga (1:0) qarshi o'yinida sherik bo'ldi.