“Jirona” hujumchisi Artyom Dovbik La Ligadagi 17-golini urdi.
Ukrainalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi “Atletiko” bilan o'yinda hisobni ochdi. Biroq uning jamoasi yakunda mag'lub bo'ldi (1:3).
17 gol bilan 26 yoshli futbolchi La Liganing eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinlarda “Real”dan Jud Bellingem va “Osasuna”dan Ante Budimir turibdi (har biri 16tadan gol).