Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini Turkiyada davom ettirish imkoniyatiga ega, bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarning yozishicha, xorvatiyalik yarim himoyachi xizmatlariga kelasi mavsumda Superligada ishtirok etadigan “Eyupspor” klubi qiziqmoqda.
Hozir jamoa Turkiya birinchi divizionida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Modrich va "Real" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.