"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa himoyachisi Eder Militaoning o'yini haqida fikr bildirdi.
"U o'zini juda yaxshi his qilmoqda. Albatta, u to'liq 90 daqiqa o'ynay olmaydi, lekin o'ylaymanki, u o'yinning katta qismini maydonda o'tkaza oladi va buni yaxshi bajara oladi", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Braziliyalik futbolchi mavsum boshida tizzasidan jarohat olgan va faqat so'nggi turda "Atletik" bilan o'yinda bir daqiqa o'ynab, maydonga qaytgan edi.
13 aprel kuni “Real” klubi safarda “Malorka” bilan uchrashadi. La Liganing 31-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.