Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi o'yinida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilishni ushlab qolishga noodatiy urinish qildi.
9 aprel kuni Madridda bo'lib o'tgan o'yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
SPORTbible nashri xabariga ko'ra, o'yin davomida germaniyalik futbolchi angliyalik yarim himoyachining ko'kragidan chimchilab olgan va Grilish chinqirib yuborgan.
Ryudiger bunday ishni birinchi marta qilmayapti: yanvar oyida "Atletiko" bilan Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvida Antonio hujumchi Alvaro Morataning ko'kragidan chimchilab olgandi.