Evropa futbolida Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki o'yinlari bo'lib o'tdi.
Kataloniyaning "Barselona" klubi safarda "PSJ"ni mag'lub etib, javob o'yini oldidan favorit maqomiga ega bo'lib, o'z muvaffaqiyatini tasdiqladi.
Oxirgi o'yinda golli uzatmani amalga oshirgan germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan o'yin natijalaridan juda xursand bo'ldi.
"Parijda ajoyib oqshom! Ko'rsatgan o'yinimizdan juda faxrlanaman. Lekin biz buni bir hafta ichida yana takrorlashimiz kerak", - deya nemis yarim himoyachisining so'zlarini keltiradi «Barselona» rasmiy sayti.