9 aprel kuni Madridning “Real” klubi EChL chorak finalida “Manchester Siti”ni qabul qildi. Uchrashuv 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.
Opta xabariga ko'ra, "Manchester Siti"ga qarshi so'nggi uy uchrashuvi "Los-Blankos"ning Chempionlar ligasida to'pga egalik qilish bo'yicha eng yomon o'yinlari ro'yxatiga kiritilgan. Qizig'i shundaki, "Real" Pep Gvardiola jamoalariga qarshi o'yinlarda to'pni eng kam nazorat qilgan.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha "Real Madrid"ning 3 ta eng yomon o'yinlari:
- 2011 yilda Gvardiola boshchiligidagi “Barselona”ga qarshi 24%;
- 2014 yilda Gvardiola boshchiligidagi “Bavariya”ga qarshi 28%;
- 2024 yilda Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti"ga qarshi 38%.