Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o'yinida “Real” va “Manchester Siti” o'zaro durang o'ynadi (3:3). Xoland butun o'yinda maydonda hech qanday ta'sir o'tkazmadi.
"Men uni juda yomon deb o'yladim. Agar Xoland gol urmasa, undan unchalik foydalana olmaysiz. Menimcha, u bu o'yinda juda bolalarcha ko'rindi. "Siti"ga hujumchi juda kerak edi, lekin u buni uddalay olmadi. U haqiqatan ham maydondagi eng yomoni edi”, dedi “Real”ning sobiq futbolchisi.