Evropaning 4ta top-klubi Gabriel Jezusni «Manchester Siti» to'lagan pulga nisbatan arzonroq narxga sotib olish imkoniyatidan foydalana olmagani aniq bo'ldi. Bu haqda taniqli Kicker nashri xabar tarqatdi. Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" braziliyalik hujumchi uchun «Palmeyras»ga 32 million evro to'lashdi.
Manbaga ko'ra, «Bavariya», «Real», «Manchester Yunayted» va «Barselona» klublarida ushbu futbolchini 25 million evroga sotib olish imkoniyati bor edi. Jezusning Braziliya klubi bilan tuzgan shartnomasi tovon puli sifatida shunday summa ko'rsatilgan edi. Ammo bu jamoalarning birortasi «Palmeyras»ga bunday taklif bilan chiqmadi.