"Manchester Siti"ning etakchi yarim himoyachisi Fil Foden kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga qarshi o'yinda (3:3) olgan jarohati haqida gapirdi.
“Oyog'im biroz og'riyapti. Ammo tiklanish uchun vaqt bor. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi. O'ylaymanki, tomoshabinlar o'yindan mamnun bo'lishdi. Ikkita hujumkor raqib to'qnash keldi. Muxlislar ajoyib o'yinni ko'rishdi va ko'plab gollar urildi", - dedi angliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” va “Real” o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprel kuni “Etihad” stadionida bo'lib o'tadi.