"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola EChL chorak finalida "Real" bilan birinchi o'yin tanaffusda futbolchilari bilan nimalar haqida gaplashgani haqida gapirdi.
"Men oldinda javob o'yiniga qadar yana to'liq bitta taym borligini aytdim. Agar kerakli rejalarsiz hujumga o'tsak, hech narsa chiqmaydi. Men jamoadan xotirjamroq o'ynashni, raqibni qanotlarga tortib, Foden va Gvardiolni hujumlarga qo'shilishini so'radim", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
“Santyago Bernabeu”da kechgan uchrashuv 3:3 hisobida sermahsul durang bilan yakunlandi.