"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Real"ga qarshi o'yinda (3:3) Fil Fodenni almashtirish qaroriga izoh berdi.
Angliyalik yarim himoyachi 66-daqiqada gol urdi va 87-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etdi.
Murabbiyning o'ziga ko'ra, futbolchi o'yinni yakunlamoqchi bo'lgan va uning qaroridan xafa bo'lgan.
"Foden jarohat oldi. U almashtirilgani uchun mendan jahli chiqdi, ammo bugun u fantastik gol urdi", - dedi Gvardiola TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.