"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinida Eder Militaoni maydonga tushirishga tayyor.
Yaqinda jarohatidan forig' bo'lgan markaziy himoyachi Madridda bo'lib o'tgan va 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan "shaharliklar"ga qarshi birinchi o'yinda zaxirada qoldi.
Anchelottining so'zlariga ko'ra, braziliyalik kelasi chorshanba kuni javob o'yinida maydonga tushadi.
"Tchuamenining diskvalifikatsiyasi? Bu muammo emas, chunki bizda Militao bor", - dedi italiyalik murabbiy o'yindan keyingi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Eder Militao avgust oyida bog'lami yirtilgani sababli safdan chiqqan edi.