"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol "Real"ga (3:3) qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Aql bovar qilmaydigan o'yin. Men bu stadionda birinchi marta o'ynayapman, bu erdagi muhit ajoyib. Biz natijadan mamnunmiz va javob uchrashuvini intiqlik bilan kutamiz. Biz qiyin bo'lishini bilardik, lekin to'p bilan ham, to'psiz ham o'zimizni ko'rsatdik.
Rikoshetdan ikkita gol? Bu futbol, bunday voqealar sodir bo'ladi. Shundan so'ng biz diqqatimizni jamlashimiz va tiklanishimiz kerak edi, buni amalga oshirdik va yakunda yaxshi natijaga erishdik. "Manchester Siti" uchun birinchi golni urish juda yoqimli va uni shunday ajoyib raqibga qarshi urish juda yoqimli", - dedi xorvatiyalik futbolchi TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.