Yarim himoyachi Rodri "Manchester Siti" o'yinlardagi shaxsiy mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi. Pep Gvardiola shogirdlari Ispaniya poytaxtida bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o'yinida "Real" bilan durang o'ynadi (3:3). Rodri maydonga tushdi va o'yin oxirigacha o'ynadi.
Squawka portali xabariga ko'ra, ispaniyalik yarim himoyachi 429 kun davomida hech bir turnirda "Manchester Siti" tarkibida mag'lub bo'lmagan. Bugun seriyalar soni 66taga etdi.
Eslatib o'tamiz, Rodri bilan "Manchester Siti" tarkibida so'nggi marta "Tottenxem"ga qarshi o'yinda o'tgan yilning fevral oyida (0:1) mag'lub bo'lgandi.
"Shaharliklar"ning "Real"ga qarshi javob uchrashuvi 17 aprel kuni Angliyada bo'lib o'tadi.