Erling Xoland yana "Real"ga qarshi o'yinda samarali harakat qilmadi.
Chempionlar ligasi 1/4 finalining ilk o'yinida “Real” va “Manchester Siti” o'zaro durang o'ynadi (3:3). Xoland butun o'yinni gol va golli uzatmasiz o'tkazdi.
O'tgan mavsumda "shaharliklar" forvardi "Real"ga qarshi 1/2 finalning ikkala o'yinida (1:1, 4:0) asosiy tarkibda maydonga tushgan va ularda ham samarali harakatlari bilan ajralib tura olmagan.
E'tiborli tomoni, Xoland Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Xarri Keyndan keyin 2-o'rinni egallab turibdi - norvegiyalik hujumchining hisobida 6ta gol bor.