"Real" hujumchisi Xoselu jamoadoshi Jud Bellingemni maqtadi.
Yarim himoyachi o'tgan yozda "Borussiya Dortmund"dan 103 million evro evaziga "Santyago Bernabeu"ga o'tgan edi.
"Bellingem boshqa darajada. Jismoniy jihatdan u shunchaki ajoyib. Jud juda kamtar va ajoyib jamoadosh.
U boshidanoq ispan tilida gapirishga harakat qildi. Bellingem barcha sheriklarining qalbini zabt etdi, u o'zgacha", — deya Xoseluning so'zlarini keltiradi Britaniyaning The Guardian nashri.