"Barselona"ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin futbol murabbiyi bo'la oladimi, degan savolga javob berdi.
"Hozir bu haqda o'ylashni xohlamayman. Bilaman, bu biroz qiyin ish. Men kelajak uchun rejalar tuza olmayman.
O'n yil ichida hamma narsa o'zgarishi mumkin. Balki men bu his-tuyg'ulardan zerikib ketarman va o'zimni murabbiy bo'lishda sinab ko'rarman", - deya polshalik forvarddan iqtibos keltiradi Sportowe Fakty.