«Real» klubi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Xames Rodrigesning o'rniga boshqa futbolchini topdi.
Le 10 Sport xabariga ko'ra, madridliklar «Monako»ning 22 yoshli yarimhimoyachisi Bernardu Silvani qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda.
«Real» portugaliyalik futbolchi uchun «MYu» va «Barselona» bilan kurash olib bormoqda va 70 mln evro berishga tayyor. Bu mablag' Xamesning transferidan tushgan pullar evaziga qoplanishi kerak. «Chelsi» yarimhimoyachi Eden Azarning Londonni tark etmasligi ma'lum bo'lgach, «Real» Bernardu Silvaning transferini tezlashtirmoqchi.