2019 yilda hujumchi Rodrigo "Santos"dan "Real"ga o'tdi. Ikki yil avval yosh futbolchi "Liverpul" tizimiga tushib qolishi mumkin edi. Braziliyalik futbolchi bu borada fikr bildirdi.
"Biz kelishuvga erishmadik, chunki men xohlamadim. Men "Santos"da qolishni xohladim, garchi taklif juda yaxshi bo'lsa-da. Ular menga faoliyatim uchun foydali bo'ladigan yo'lni va'da qilishdi. Angliyada o'qishimni tugatib, Evropa futboliga tayyorgarlik ko'rishim mumkin edi. Men doim Evropada o'ynashni orzu qilardim. Lekin men "Santos"da qolib, klub tarixiga o'z hissamni qo'shishni xohladim. Bu shunday bo'ldi - men orzumni amalga oshirdim va asosiy jamoada o'ynadim. Lekin bu rost, men "Liverpul"ga ketishga oz qolgandi", - dedi Rodrigo Goal bilan suhbatda.