Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger yozda Dortmundning “Borussiya” klubidan 103 million evro evaziga “Santyago Bernabeu”ga o'tgan yarim himoyachi Jud Bellingemning o'yinidan hayratda qolganini tan oldi.
“Avvaliga biroz hayron bo'ldim, chunki uni bunchalik yaxshi tanimasdim. Ammo Jud aqlbovar qilmaydigan odam, u 20 yoshga o'xshamaydi. Ishonchim komilki, Bellingem etakchi bo'ladi, chunki u o'z yoshiga ko'ra juda etuk", — dedi Ryudiger matbuot anjumanida.
Bellingemning Ispaniya chempionatida 16 ta goli bor va u turnirning eng yaxshi to'purarlari uchligiga kiradi.